Bugun Mustaqil O’zbekistonimiz yoshlaridan harqancha faxrlansak arziydi. Yoshlarimiz har bir ishda dadillik bilan harkat qilib kattalarga ko’makdosh bo’lishmoqda. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlar jamoasi koronavirus pandemiyasi sharoitida targ’ibot-tashviqot tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Ularning navbadagi manzili viloyatimizning chekka tumanlaridan Xo’jaobod tumani bo’ldi.
Targ‘ibot aksiyasi davomida ko’ngilli yoshlar tumanning “Beshkaram”, “Yangi chek”, “Mangit” mahalla fuqarolar yig’inlariga qarashli ko’chalarda bo’lishib fuqarolar bilan suxbatlashib aholi o’rtasida ko’p uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlarini o’tkazdilar.
Karantin davrida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida tushuntirildi. Aholiga gigiyenik ma’lumotlar hamda kornonavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqadtilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlari tomonidan Koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlari faol davom ettirilmoqda.
ADTI Yoshlar ittifoqi