Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA 2021-YIL YAKUNLARI VA KELGUSI 2022-YILDA AMALGA OSHIRILAJAK ISHLAR MAVZUSIDA ILMIY KENGASH YIGʻILISHI OʻTKAZILDI

17:29 30.12.2021

Mazkur yigʻilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Yigʻilish avvalida rektor ustoz Mamazoir Xoʻjamberdiyevga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yangi yil munosabati bilan yoʻllagan tabrigini barcha qatnashchilarga oʻqib eshittirdi  Yil davomida samarali mehnat olib borgan bir qator kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va talabalar munosib ragʻbatlantirildi.

Dastlabki kun tartibidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi karorlariga bagʻishlandi. Ushbu qaror boʻyicha rektor hamda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov batafsil tushuntirib oʻtdilar va belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan kerakli topshiriqlar berdilar.

Shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov  “2021-yilda institut ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari va 2022-yil uchun belgilangan ilmiy ishlar rejasini tasdiqlash”, Davolash ishlari boʻyicha masʼul B.Mirzakarimov esa “Andijon davlat tibbiyot instituti klinik kafedralarning davolash va otaliq ishlar hisoboti. Davolash ishlarining 2022-yil rejasi” mavzularida hisobot dasturlarini namoyish etdilar.

Yigʻilish soʻnggida institut rektori barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, samimiy tilaklarini bildirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!