alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida Amir Temur tavalludining 683 yilligi keng nishonlandi

11:00 09.04.2019

Bugun, 9- aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbir yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi xodimlari hamda davolash fakultetining 105-guruh talabalari faolligida tashkil etildi.       Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov ochib, buyuk sarkarda va davlat arbobining hayot yo‘li to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, talabalar tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy kompozitsiya namoyish etildi. Guruh talabalari adolatli siyosatchi, xalqparvar inson – Amir Temur shaxsi, hayoti va faoliyati, jahon ahlining uning siymosiga qiziqishlari, taniqli olimlarning Sohibqiron haqidagi fikrlari, u tomonidan olib borgan xayrli ishlar xususida ma’ruza qildilar. Shuningdek, uning davlat ishlarini boshqarish, xalq tinchligi va farovonligi yo‘lidagi g‘amxo‘rliklari, ezgu va adolatli amallari to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, harbiy kiyimdagi  talabalarning murakkab tryuk va mashqlari  barchada katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar ijrosidagi jonajon Vatanimizni, tinch, osuda va farovon hayotimizni ulug‘lovchi qo‘shiqlar ularning qalbida shu ona yurtga mehr-muhabbat, faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

Institut foyesida institut Axborot –resurs markazi tomonidan Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!