alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ANATOMIYA BAYRAMI” O‘TKAZILDI

20:34 05.04.2023

Bugun, 5-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Празник анатомии” (Anatomiya bayrami) nomli “Anatomiya va klinik anatomiya” fanidan xalqaro qatnashchilar ishtirokidagi II Respublika olimpiadasi o‘tkazildi.

Institutda olimpiada qatnashchilari milliy sozlar jarangida, iqtidorli talabalarimiz tomonidan ijro etilgan “Andijon polkasi” raqsi bilan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va sohaning murakkabliklari, uning rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan mutaxassislar haqida aytib o‘tdi hamda olimpiada jarayonlarida barcha talabalarga omad tiladi.

Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri Z.Kaharov tashabbusi bilan tashkil qilingan olimpiadada Qirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan “B.Yelsin” nomidagi Qirgʻiz-Rus Slovyan universiteti, O‘sh davlat universiteti Tibbiyot fakulteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining hamda institutimiz talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Olimpiadada jami 8 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lib, har bir jamoa o‘zining 5 nafardan a’zosiga ega. Unda hakamlar hay`ati sifatida O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakultetidan professor S.Shatmanov, dotsent Q.Sakibayev, Anatomiya, topografik anatomiya va operativ jarrohlik kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi A.Beysembayev va Toshkent pediatriya tibbiyot institutidan katta o‘qituvchi G.Primovalar ishtirok etdilar.

Olimpiada 4 bosqichdan iborat bo‘lib: ishtirokchilar bilimini test orqali sinash, xirurgik choklar qo‘yish, xo‘l preparatlar bilan ishlash va badiiy chiqish shular jumlasidan.

Yakunda:

1-tur bo‘yicha “B.Yelsin” nomidagi Qirgʻiz-Rus Slovyan universiteti talabalaridan tarkib topgan jamoa;

2-tur bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalaridan tarkib topgan jamoa;

3-tur bo‘yicha O’sh davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talabalaridan tarkib topgan jamoa;

4-tur bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan tarkib topgan jamoalar g‘olib deb topilib, institut tomonidan 1-darajali dilpom, kubok va barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, olimpiada doirasida yosh olimlar ilmiy anjumani o‘tkazildi va unda ishtirok etgan 21 nafar yosh olimlarga sertifikat hamda esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Tadbir davomida institutning “Спаси и сохрани” jamoasi tomonidan amaliy mashg‘ulot ko‘rsatildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!