alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BARCHA KURSLAR UCHUN AN’ANVIY DARSLAR BOSHLANDI

14:52 23.11.2020

Bugun – 23 noyabrdan Andijon davlat tibbiyot institutida barcha kurslar uchun an’anviy darslar boshlandi. Shu munosabat bilan institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. B.Abdullajonov 1-, 2-, 3-kurs talabalari bilan muloqotda bo‘ldi.

Dastavval o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori pandemiya sharoitida har bir talaba an’anaviy yoki onlayn o‘qishni tanlash imkoniyatiga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. An’anaviy yoki onlayn o‘qishning afzalliklari va kamchiliklari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Shundan so‘ng shifokorlik kasbini tanlagan insonning zimmasidagi vazifalar, tibbiyot instituti talabasiga qo‘yiladigan talablar, bo‘lg‘usi shifokor e’tibor qaratishi zarur masalalarga to‘htalib o‘tdi.

Fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida B.Abdullajonov talabalarni institut an’analari, ichki tartib-qoidalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar, yangiliklar, institutdagi mavjud imkoniyatlar, yangi keltirilgan elektron darsliklar, elektron ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beridi.



Uchrashuv davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligi ta’kidlandi.


Samimiy uchrashuv davomida talabalar xorijiy aloqalar, chet tillarini o‘rganish, shartnoma to‘lovlari xususidagi  o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
Institut rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida talabalar kelgusida malakali shifokor bo‘lib el-yurtga sidqidil bilan xizmat qilishga ahd qildilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!