alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Covid 19 pandemiyasi sharoitida o‘pka va plevra urgent sonografiyasi” mavzusida respublika onlayn video konferensiyasi o‘tkazildi

12:51 11.05.2020

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn video konferensiyani institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov boshqarib bordi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilgan onlayn video konferensiyada vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekan X.X.Tursunov, fakultetlar dekanlari, yo‘nalishlar ma’sullari, yuqumli kasalliklar, pulmonologiya, endokrinologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha institutning malakali professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, onlayn video konferensiyada masofaviy konferensiyalarni o‘tkazish uchun aloqa dusturlari – Zoom platformasi orqali respublikaning turli hududlaridan soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Video konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi  mudiri dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi Nasrullo Sabirovich Xakimov  “Covid 19 pandemiyasi sharoitida o‘pka va plevra urgent sonografiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi kasallik yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni berdi.

Ma’ruzadan so‘ng onlayn savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Onlayn video konferensiya ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!