Andijon davlat tibbiyot institutida “Covid 19 pandemiyasi sharoitida pnevmoniya urgent sonografiyasi” mavzusida respublika onlayn video konferensiyasi o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn video konferensiyani institut Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekan X.X.Tursunov boshqarib bordi.

Instituti Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilgan onlayn video konferensiyada davolash ishlari yo‘nalishi ma’suli B.Mirzakarimov va Onlayn video konferensiyada masofaviy konferensiyalarni o‘tkazish uchun aloqa dusturlari – Zoom platformasi orqali respublikaning turli hududlaridan soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Video konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi  mudiri dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi Nasrullo Sabirovich Xakimov  “Covid 19 pandemiyasi sharoitida pnevmoniya urgent sonografiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. E’tirof etish kerakki, ma’ruzachining avvalgi onlayn chiqishiga nafaqat respublikamiz tibbiyotchilari, balki Rossiya, Belorussiya kabi xorijiy davlatlarning mutaxassislari tomonidan qiziqish bildirilganligi, ma’ruza yuzsidan murojaatlar bo‘lganligi onlayn video konferensiyaning samarasini ko‘rsatmoqda.

 

Ma’ruzachi avvalgi chiqishi davomida ishtirokchilardan berilgan savollar asosida kasallik yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni berdi.

Ma’ruzadan so‘ng onlayn video konferensiya ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

90