Andijon davlat tibbiyot institutida “Diabetik retinopatiyani tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida o‘tkazilgan onlayn ilmiy-amaliy anjuman qandli diabet kasalligining oldini olish va davolash masalalariga bag‘ishlandi
Ilmiy-amaliy onlayn ajnuman Andijon davlat tibbiyot instituti oftalmologiya, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti oftalmologiya kursi hamda gospital terapiya va endokrinologiya kafedralari tomonidan tashkillashtirildi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.M.Xodjimatov olib borgan anjumanda institutning oftalmologiya, gospital terapiya va endokrinologiya kafedralarining barcha xodimlari, VMO va QTF Oftalmologiya kursi tinglovchilari, tayanch doktorantlar, mustakil izlanuvchilar, magistratura talabalari, klinik ordinatorlar, Andijon viloyati oftalmologlari ishtirok etdilar.
Anjumanda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi direktori A.F.Yusupov, Andijon viloyati «Oftalmologlar jamiyati» raisi Sh.R.Qodirovlar mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
Anjuman ishtirokchilari Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg Diabetologik markazning boshlig‘i Fedor Yevgenevich Shadrichevning onlayn ma’ruzasini qiziqish bilan tingladilar.
Ma’ruza yuzasidan oftalmologiya kafedrasi mudiri A.F.Ikramov, gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.K.Yusupova, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i G.N.Mamatxo‘jaeva va boshqa mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdilar.
“Diabetik retinopatiyani tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida o‘tkazilgan onlayn ilmiy-amaliy anjuman qandli diabet kasalligining oldini olish va davolash borasida ilg‘or tajribalarni keng tadbiq etishda alohida o‘ringa ega bo‘lishiga ishonch bildiramiz.
ADTI axbort xizmati