alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot  institutida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

17:17 17.12.2020

Institutning pediatriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Baydullayev rahbarligida mazkur fakultet talabalari ishtirok etgan davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Abduxalimov ochib, bugungi kunda  tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, islom  dinini sof holda targ‘ib etish, ekstremizm, terrorizm, buzg‘unchilik va shafqatsizlik g‘oyalari tarafdorlarini fosh etib, ularga qarshi ma’naviyat va ma’rifat bilan kurashish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbatiga taklif etilgan O‘zbekiston Muslumonlari idorasi vakili, Andijon shahridagi “Gumbaz” jome’ masjidi imom-hatibi B.Ro‘ziboev islom tarixida musulmonlar boshqa din vakillari bilan qo‘ni-qo‘shnichilik, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni juda yaxshi yo‘lga qo‘yganligi, islomda majburlash yo‘qligi, diniy  ekstremizmnig tub mohiyati haqida so‘z yuritdi.


Davra suhbatida so‘z olgan Andijon viloyati IIB profilaktik inspektori, kapitan M.Qodirov ayrim yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari, Andijon shahri hududida voyaga etmagan yoshlar tomonidan xuquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.


Samimiy muloqot davomida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va yetarlicha javoblar olishdi. “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”  mavzusida davra suhbati talablarning faolliga o‘tdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!