alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot  institutida “Ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari”  mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

19:20 18.12.2020

Andijon davlat tibbiyot  instituti stomatologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Musayev rahbarligida mazkur fakultet talabalari ishtirok etgan davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Abduxalimov ochib, “ekstremizm”, “terrorizm” tushunchalari, buzg‘unchilik va shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi guruhlarning asl maqsadlari xususida tushuncha berib o‘tdi.


Davra suhbatiga taklif etilgan O‘zbekiston Muslumonlari idorasi vakili, Andijon shahridagi “Shahidtepa” jome’ masjidi imom-hatibi Qobiljon Isaqov bugungi kunda  tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, islom  dinini sof holda targ‘ib etish, buzg‘unchilik va shafqatsizlik g‘oyalari tarafdorlarini fosh etib, ularga qarshi ma’naviyat va ma’rifat bilan kurashish zarurligi, islom tarixida musulmonlar boshqa din vakillari bilan qo‘ni-qo‘shnichilik, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni juda yaxshi yo‘lga qo‘yganligi, diniy  ekstremizmnig tub mohiyati haqida so‘z yuritdi.


Samimiy muloqot davomida talabalar imom-hatibga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va yetarlicha javoblar olishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!