Andijon davlat tibbiyot institutiga Amerikadan “ENGLISH TEACHERS FELLOWERS” programmasi vakili Jonathan Patches tashrif buyurdi.
Amerikali ingliz tili mutaxassisi Andijon davlat tibbiyot institutida ingliz tilinini o‘rgatish jarayoni bilan tanishish maqsadida xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda institut rektori M.M.Madazimov va xorijiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar ham ishtirok etishdi. Samimiy muloqot davomida amerikalik mehmon “ENGLISH TEACHERS FELLOWERS” programmasi xususida ma’lumot berib o‘tdi.
Suhbat davomida janob Jonathan Patches hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ingliz tilida mashg‘ulotlar, seminar-treninglar, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish borasida takliflarini bildirdi. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Amerikalik mutaxassisining tashrifi ikki tomon uchun ham foydali kelishuvlar bilan yakunlandi.
ADTI axborot xizmati