alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI VAKILLARI TOMONIDAN SEMINAR TASHKIL QILINDI

18:53 17.02.2023

Bugun, 17-fevral kuni  Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan “Ixtiro va foydali model. Talabnomani tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni. Xorijda patentlash amaliyoti, patentlashga oid turli savollar” va “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida seminar-trening o‘tkazildi. Unda institutning professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, doktorantlar va magistrlar ishtirok etdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sunnatulla Rahmonov va ushbu muassasaning Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Ikromjon Abdukadirovlar tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, xorijda patentlash amaliyoti”, “Patent bazalaridan foydalanish” hamda “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” to‘g‘risida ma’ruza qilindi.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdilar va qatnashchilarga qo‘shimcha  axborotlarni o‘zida jamlagan buklet va materiallar topshirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!