O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-57-sonli qarori ijrosiga muvofiq Andijon davlat tibbiyot institutida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, institutning o‘quv, laboratoriya, maʼmuriy binolari, talabalar turar joyi hamda Axborot resurs markazi tom qismlariga jami 500 kVtli quyosh panellari o‘rnatildi. Ular orqali 1 oyda 70 000 kVt/soat, 1 yilda 840000 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Buning natijasida 1 yilda 840 million so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.
Mazkur quyosh panellari institutning elektr energiyagasiga boʻlgan talabini qoplab beradi va ehtiyojdan ortgan qismini tarmoqqa sotish imkonini yaratadi.