Skip to content ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “KELAJAKKA QADAM” MARKAZINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “KELAJAKKA QADAM” MARKAZINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

12:09 31.05.2025

Bugun, 31-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida maxsus markazning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam”markazi loyiha kuratori A.Ilhomov, institutning Karyera markazi boʻlimi xodimlari, fakultetlar dekanlari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tantanani Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berib, yoshlar bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam”markazi loyiha kuratori A.Ilhomov loyiha maqsadi va yoshlarga berayotgan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Talabalar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan markazning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz xodimlari o‘z faoliyatini boshlab, tabirkorlikka qiziqqan talaba-yoshlarning murojaatlarini qabul qilishni boshladi. Unda talabalarga hujjat rasmiylashtirish, biznes g‘oyalarini tayyorlash, rasmiylashtirish va ekspertizadan o‘tkazishga ko‘maklashish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Bu kabi hamkorliklarni amalga oshirilishi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlab, ularning kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

adti.uz
Would like to send you notifications