2019- yil 22- avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019-2020 o’quv yili uchun klinik ordinaturaga kirish uchun imtihonlari bo’lib o’tdi. Imtihon O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2019- yil 17- iyuldagi 182- sonli, shu asosda chiqarilgan ADTI rektorining buyruqlari asosida tashkil etildi.
Kirish sinovlari oldidan institut rektori M.Madazimov barcha abituriyentlarni yig’ib, oldinda turgan imtihonlar har jihatdan adolatli va shaffof o’tishini, bu sinovlarda ularga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so’ng, biletlar solingan konvertlar abiturientlar guvohligida ochilib, sinovlar boshlandi.
Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston “Adolat” SDP Andijon shahar Kengashi deputati Shohidaxon Valieva ishtirok etdi va kuzatib bordi.
Shuningdek, shu kuni institutga O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi rahbari, ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo`yicha doimiy komissiya raisi, viloyat Kengashi deputati Abdulhamid Nurmatov hamda O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon shahar Kengashi deputati Rahimjon Isoqovlar ham tashrif buyurdilar.
Ular imtihon jarayonlarining shaffofligini kuzatgach, institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdilar.
A.Nurmatov va R.Isaqovlar institut bosh o`quv binosidagi media markaz va simulyatsion o`quv markazlarida talabalarning bilim olishi hamda amaliy ko`nikmalar hosil qilishdagi imkoniyatlarni ko`rib, e’tirof etdilar.
Klinik ordinaturaga tanlovlar buyruqda ko’rsatilganidek, test va og’zaki sinovlardan iborat bo’lib, har bir abituriyent belgilangan vaqt ichida tayyorgarlik ko’rib, imtihonlarni topshirdilar.
Sinovlar tartibli va xolis tarzda o’tkazildi.