alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida koronavirus infeksiyasini oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan zahira kadrlar tayyorlash maqsadida onlayn o‘quv seminari o‘tkazilmoqda

13:07 25.03.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga Koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi F-5537 sonli farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 22 martdagi 77-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori buyrug‘iga asosan o‘quv ishlari prorektori boshchiligida o‘tkazilayotgan onlayn seminarni Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyoralash fakulteti dekani t.f.d. X.X.Tursunov olib bormoqda.

Seminarda Andijon davlat tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasi, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyoralash fakulteti Umumiy amaliyot shifokorlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 1- va 2-ichki kasalliklar, Anesteziologiya-reanimatologiya kafedralari, ADTI mikrobiologiya va virusologiya, Viloyat sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi virusologiya bo‘limi malakali mutaxassislari, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlar terapiya, umumiy amaliyot shifokorlari, reanimatolog va PSR ko‘nikmalariga ega vrach-laborantlar ishtirok etishdi.

Onlayn o‘quv seminar davomida institut professor-o‘qituvchilari Koronavirus infeksiyasining etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, klinik xususiyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

Onlayn o‘quv seminarning ikkinchi kunida yqumli kasalliklar kafedrasi assistentlari, Viloyat sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi virusologiya bo‘limi laborantlarining koronavirus infeksiyasini tashxislash, qiyosiy tashxislash, surtma olish, maxsus laboratoriyaga jo‘natish, maxsus kiyim kiyish qadamlari va uni echish tartiblari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. YUqumli kasalliklar kafedrasi xodimi M.Po‘latov maxsus kiyimni kiyish va yechish tartiblarini amaliyotda ko‘rsatib berdi.

Onlayn o‘quv seminarning Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Onlayn o‘quv seminar davom etmoqda.

X.X.Tursunov

VMO va QTF dekani

J.M.Xudayberdiev

VMO va QTF dekani muovini

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!