alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Limfologiya dolzarb masalalari”  mavzusida halqaro  onlayn ilmiy sessiya bo‘lib o‘tdi

11:47 22.10.2020

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi  Andijon davlat tibbiyot instituti va Rossiya limfologlar assotsiatsiyasi, “Limfa” ilmiy-amaliy reabilitatsiya markazi  hamkorligida “Limfologiya dolzarb masalalari” Xalqaro Onlayn ilmiy sessiya tashkil etildi.


ADTI Fakultet  va  gospital  jarrohlik kafedrasi mudiri professor E.S.Djumabayev olib borgan  xalqaro onlayn sessiyada Rossiya Federatsiyasi  va Respublikamiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari,  ilmiy tekshirish institutlari, tibbiyot markazlari va  jarrohlik, onkologiya, pediatiriya,  terapiya, nevrologiya, infeksionist,  quloq-tamoq, reabilitologiya kabi yo‘nlishlarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari  ishtirok etishdi.



O‘zbekiston limfologiyasining 50 yilgi va  limfolog-olim S.U.Jumaboyevning 90 yillik yubleyi munosabati bilan o‘tkazilayotgan xalqaro onlayn sessiyada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i  O‘.S.Ismailov, Rossiya Federatsiyasi “Limfa” ilmiy-amaliy reabilitatsiya markazi rahbari  I.V.Makarov, Rossiya limfologlar assotsiatsiyasi prezidenti B.M.Urtayev, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori v.v.b G‘.M.Xodjimatovlar ishtirokchilarni tabrikladilar va sessiya ishiga muvaffaqiyat tilashdi.
 



Xalqaro onlayn sessiyada Rossiya va O‘zbekistonning yetuk mutaxassis olimlari kattalar va bolalardagi limfologik kasalliklari,  mazkur kasalliklarning oldini olish va davolash usullari yuzasidan ma’ruzalar qilishdi, xalqaro trenerlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.



Ma’ruza va mahorat darslarida klinik va eksperimental tibbiyotda limfologiyaning ilmiy-amaliy ahamiyati, fundamental va amaliy limfologiyada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolish, tibbiyot institutlarida  limfologiyani  va oliy ta’limdan keyingi tibbiy ta’limda klinik limfologiyani dastur asosida o‘qitish, limfologiya  yo‘nalishida yosh olimlar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish,  klinik limfologiya  milliy  maktabini tashkil etish masalalari yuzasidan fikrlar, takliflar bildirildi. Takliflar sessiya qo‘shma rezolyusiyasiga kiritildi.




Har bir ma’ruza va mahorat darslarini onlayn ishtirokchilar qiziqish bilan kuzatib bordilar va savol-javoblari bilan faol ishtirok etishdi.



“Limfologiya dolzarb masalalari”  mavzusidagi  xalqaro  onlayn ilmiy sessiya o‘z ishini muvoffaqiyatli yakunladi.

A.Pakirdinov

ADTI Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi katta o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!