Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tashabbusi bilan instiut sport zalida Andijon shahridagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida hamda viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqada uyushmagan yoshlar katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etdilar.
Eng asosiysi esa, yoshlar sport bilan oshno bo‘lib jismoniy chiniqishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.