alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA MUROJAATNOMA TARG’IBOTIGA BAG’ISHLANGAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

20:29 06.01.2023

Bugun, 6-yanvar kuni O‘zbekiston “Milliy tiklash” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatlari, partiya xodimlari, prorektorlar, institutning pedagog-xodimlari, harbiylar, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, faollar hamda bir qator hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, siyosiy partiyalar oldida turgan muhim siyosiy jarayonlar, davlat boshqaruvini ixchamlashtirishga doir tashabbuslarga atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlari, erkin bozor mexanizmini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash, sifatli taʼlim va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida 2023-yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Davra suhbati yakunida faollar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachilar batafsil javob berdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!