Bugun, 27-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida avgust oyi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va Kengash a’zolari ishtirok etdi.


Institut rektori kun tartibini e’lon qilib, yig‘ilishni ochib berdi. Dastlab, an’anaviy tarzda ilmiy unvon va darajalar sohiblari, respublika hamda xalqaro tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.


Shundan so‘ng, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yilligiga tayyorgarlik ishlarini borishi, Andijon davlat tibbiyot institutini 2025-2026-o’quv yiliga o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha tayyorgarlik holati yuzasidan hisobotlar tinglandi.


Hisobotlar Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, O‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Isakov tomonidan taqdim etildi.


Yig‘ilish yakunida mas’ullar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, aniq rejalar belgilab olindi.
