Andijon davlat tibbiyot institutida oliy hamshiralik ishi yo’nalishiga o’qishga ro’yxatdan o’tgan abiturientlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo`lib o`tdi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida oliy hamshiralik ishi yo’nalishiga o’qishga ro’yxatdan o’tgan abiturientlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo`lib o`tdi

15:44 20.07.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019 – yil 20- iyul kuni  oliy hamshiralik ishi yo`nalishiga o`qishga kirish istagidagi yoshlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlari boshlandi. Ijodiy imtihon O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 – yil 9- iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish  to`g`risida”gi 572-sonli Qarori asosida tashkil etildi.“Oliy hamshiralik ishi” yo`nalishi bo`yicha kasbiy (ijodiy) imtihon  dasturi  va baholash mezonlari   Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ishlab chiqilib, mazkur institut Markaziy uslubiy  kengashida ma’qullangan va 2019 – yil 24 – may kungi 10-sonli   ilmiy kengash yig`ilishida  tasdiqlangan.

ADTIda imtihonlarning adolatli va shaffof tarzda o`tkazilishi uchun  barcha sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Imtihon boshlanishidan oldin rektor M.Madazimov institut hovlisiga yig`ilgan barcha abiturient va ularning ota-onalariga bugungi mas’uliyatli va hayojonli sinovlarda  adolatlilik va haqqoniylik taomillariga rioya etilishini ta’minlanishini aytib, barcha abiturientlarga omad tiladi. Imtihon jarayonlarida  rektor, professor M.Madazimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor, professor G`.Xodjimatov va professor-o`qituvchilar ishtirok etdilar.


Avvalo muhrlangan imtihon savollari konvertini ochishga abiturientlar va ularning ota-onalari guvoh sifatida  taklif etildi. Konvertni ochish chog`ida ota-onalardan Andijon shahrilik uy bekasi Dilbaroy Ro’zimatova va Namangan viloyatidan kelgan o`qituvchi  Nodiraxon Uzaqovalar  qatnashdilar.


Shundan so`ng, kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Har bir abiturient belgilangan vaqtda tartib  bilan imtihonlarga qo`yildi. Har bir biletda 4 tadan savol bo`lib, ular  20 daqiqa davomida tayyorgarlik ko`rib, so`ng jabob berdilar.


“Hamshiralik ishi asoslari” bo`yicha tashkil etilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abiturientlarning tanlangan mutaxassislik bo`yicha  o`qish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning bilim va malakalari darajalari, kasbiy ko`nikmalarini sinovdan o`tkazish asosiy maqsad bo`ldi.



Imtihon jarayonlarida jamoatchilik vakillari va ota-onalar ham  ishtirok etib, kuzatib borish imkoniyatiga ega bo`ldilar.  Jumladan, O`zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi  ijrochi kotibi Mo`minmirzo Qodirov va Izboskan tumanidan Kozimjon Mamasidiqovlar ishtirok etdilar.


 
Imtihonlarda ochiqlik va xolislikni o`rnatish uchun   kuzatuv kameralari  muntazam ishlab, har bir abiturientning imtihon davomidagi o`zini tutishi va javob berish jarayonlari videoyozuvga olinib borildi.


Bilimli va malakali yoshlarga omad kulib boqishi, shubhasizdir.  Eslatib o`tamiz, 20 iyul kuni o`tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda jami  ro`yhatdan o`tgan 273 nafar abiturientdan 260 nafari ishtirok etdilar. Endi navbat test sinovlariga!

 
 

Skip to content Click to listen highlighted text!