Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qish istagini bildirgan xorijiy davlat fuqarolari yuqori kayfiyatda kutib olinmoqda. Pokiston davlatidan o‘qish istagini bildirgan va og‘zaki suhbat asosida onlayn tahsil olayotgan bir guruh talabalar kutib olindi. Institut ichki tartib qoidalari hamda ularning kelgusidagi o‘quv faoliyati bilan tanishtirildi.