Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida hamda viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tashabbusiga ko‘ra Andijon shahridagi “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda uyushmagan yoshlar – 13-14 yoshli o‘smirlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Sportning qaysi turi bo‘lmasin yosh avlodni jismoniy chiniqishlari bilan birga ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shaxmat va shashka bahslarida o‘smirlar katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyidagi sport zalida uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Shaxmat va shashka musobaqasida ham yoshlar mazmunli va maroqli dam oldilar.