alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbek tili fanidan onlayn olimpiada

13:50 02.05.2020

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “O‘zbek tili” fanidan onlayn olimpiada o‘tkazildi. Unda institutning barcha fakultet va yo‘nalishlaridan 15 nafar talaba qatnashdi.

Ishtirokchilar 4 bosqichda – “Rus tilida berilgan matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish”, “Berilgan rasm asosida matn tuzish”, “Grammatikadan savollarga javob berish”, “Gaplarni sintaktik tahlil qilish” bo‘yicha qizg‘in bahs olib borishdi. Topshiriqlarning ikkitasi – tarjima va gap tahlili yozma ravishda jo‘natilishi, matn tuzish va grammatikadan berilgan savolga audio javob jo‘natish edi.

Olimpiada ishtirokchilarining ishlarini kafedra katta o‘qituvchilari Z.Rahmatova, M.Axunova va o‘qituvchi M.Bekiyevalar  nazorat qilib bordilar.
Yakuniy xulosalarga ko‘ra: 1-o‘rin pediatriya fakulteti 107-guruh talabasi Boymirzayeva Zebo -19 ball;
2-o‘rin: davolash fakulteti 109-guruh talabasi Abaqulova Moxira va pediatriya fakulteti 107-guruh talabasi Arabova Zarnigor -18 ball;
3-o‘rin: farmatsiya yo‘nalishi  103-guruh talabalari Hakimjonova Shaxlo va Mamadjanova Malika -17 ball to‘pladilar.

G‘oliblar kafedra tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

G.Minavarova,

ADTI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!