Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar va talabalarga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, unda ilgari surilgan ustuvor vazifalar chuqur o‘rganilmoqda.
Institutning ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institutning barcha kurslarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot darslarida Murojaatnoma yuzasidan atroflicha tushunchalar berilmoqda.
Targ‘ibot darslarida ta’lim, iqtisodiyot, sud-huquq, soliq tizimi sohasida olib borilayotgan islohotlar va mazkur sohalarda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Andijon davlat tibbiyot institutida Prezidentimiz Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganishga qaratilgan targ‘ibot darslari davom etmoqda.