alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Russkaya yarmarka”

14:20 17.12.2019

“Russkaya yarmarka” – rus xalqining bayramoldi sayli. Yarmarkada nafaqat savdo-sotiq qilinadi, balki o‘yin-kulgu, sho‘h raqslar bilan xalq bayramni ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib oladi. “Russkaya yarmarka” rus xalqining milliy an’nalarini yaqqol aks ettiradi.

Shuning uchun ham Andijon davlat tibbiyot instituti Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Nilufarxon Buranova rahbarligida Pediatriya fakultetining 103-guruh talabalari Yangi yil tadbirini “Russkaya yarmarka” mavzusi ostida o‘tkazishdi.

Talabalar “Russkaya yarmarka”ni ifodalab berish uchun ruscha she’rlar o‘qishdi, rus milliy qo‘shiq, raqslarini ijro etishdi.

Talabalarning har bir chiqishida rus milliy an’anlari namoyon etildi. Ularning milliy kiyimlarni tanlash, xonani bezash, milliy taomlar tayyorlash, xalq o‘yinlarini to‘g‘ri bajarish borasidagi harakatlari – iste’dodlari tomoshabinlarni mamnun etdi, hayratga soldi.


Raqslar, qo‘shiqlar barchani jo‘rovozlikka, ommaviy raqslarga chorladi. “Russkaya yarmarka” Yangi yil tadbirida talabalar rus tilini mukammal o‘rganish bilan birga maroqli va mazmunli dam oldilar.


Tadbir yakunida kafedra mudiri M.Qo‘ziboeva Yangi yil tadbirini tashkil etgan N.Buranova va talabalarga institut ma’muriyati nomidan minnatdorchilik bildirdi, talablarga yangidan-yangi yutuqlar tiladi.


Eng asosiysi, Pediatriya fakultetining 103-guruh talabalari “Talabalikning oltin davri”ni “Russkaya yarmarka” tadbirida zo‘r o‘tkazishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!