(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida "Shukronalik" tadbirlari

11:45 14.12.2020

Bugun Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasi binosida Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan  «Shukronalik» tadbiri o’tkazildi. Tadbirni davolash fakulteti dekani, dosent B.Yu.Mamatov ochib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi.  Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.
Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, dosent R.N.Yuldashev yurtimizda va boshqa davlatlarda bo’layotgan yangiliklar va Pandimiya shoroitida karantin qoidalariga amal qilishimiz zarurligi to’g’risida ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida davolash fakulteti dekani, dosent B.Yu.Mamatov talabalarga institut ichki tartib qoidalari haqida gapirib ularga omad va zafarlar tiladi.
Institutning 2-o‘quv-laboratoriya binosida  Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbiri ham karantin qoidalariga amal qilish, institut ichki tartib qoidalari mvzusiga bag‘ishlandi.


Instituti asosiy binosida farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirida “COVID-19  kasalligini yuqishini oldini olamiz” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar  bo’yicha mas’ul  K. Maxmudova   koronavirus  kasalligi va uni profilaktikasi to’g’risida ma’lumot berdi.