alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA TANIQLI RASSOM JO‘RA ASRANNING RASMLAR KO‘RGAZMASI TASHKIL QILINDI

16:45 20.02.2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishning 2-son Bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida mashhur rassom Jo‘ra Asranning rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmadan ijodkorning 100 ga yaqin asarlari joy olgan.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida uning muallifi Jo‘ra Asran, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi raisi R.Ismanov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.

Taniqli rassom, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Jo‘ra Asran 1985-yildan buyon respublika hamda xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z asarlari bilan qatnashib keladi. 1989-yildan boshlab esa, u respublikamiz va Amerika, Germaniya, Misr kabi davlatlarda  shaxsiy ko‘rgazmalarini namoyish etib kelmoqda. Hozirga qadar ijodkor ko‘plab milliy va xalqaro mukofotlar sovrindori bo‘lgan. 2005-yilda rassom ijodiga bag‘ishlangan telefilm suratga olingan.

Ijodkorning asarlarida eng avvalo, tabiatning o‘zgacha jozibasi, qishloq hayoti, yoshlik go‘zalligi mahorat ila ranglar uyg‘unligida tasvirlangan. Suratlarni tomosha qilar ekansiz ularda chizilgan loysuvoq uylardan bolalarning kulgusi eshitilgandek, tabiat manzarasida esa mayin shabboda esib, yuzingizni siypalab o‘tgandek bo‘lganini his qilasiz. Bu esa rassomning ko‘rganini emas, his etganini rang va mo‘yqalam yordamida tasvirlaganidan dalolat beradi.

Talabalar ijod namunalarini tomosha qilar ekan, rassomdan uning yaratilish tarixi, tasvirlashda nimalarga alohida e’tibor berganligi haqida bilb oldilar.

Institutimiz talabalari va xodimlari hafta davomida mana shu ijod namunalaridan bahramand bo‘ladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!