Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon viloyatining 14 tumani voleybolchilari “Viloyat hokimi kubogi” uchun o‘zaro bahs olib bordilar.
Oltinko‘l, Andijon, Marhamat, Izboskan tumanlari va Xonobod shahri jamoalarining o‘yinlarini muhlislar zo‘r qiziqish bilan kuzatib bordilar.
Murosasiz, keskin bahslar davomida faxrli 3-o‘rinni jalaquduqlik voleybolchilar, 2-o‘rinni Baliqchi tumani jamoasi egalladi.
“Viloyat hokimi kubogi”ni esa Buloqboshi tumani voleybolchilari qo‘lga kiritishdi.
“Viloyat hokimi kubogi” uchun voleybol musobaqalarining barcha ishtirokchilari tashkiltchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildilar.
ADTI axborot xizmati