alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Viloyat hokimi kubogi” uchun qizlar o‘rtasida tumanlararo voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

17:38 25.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon viloyatining barcha tumanlardan tashrif buyurgan voleybolchi qizlar “Viloyat hokimi kubogi” uchun o‘zaro bahs olib bordilar.


Musobaqa davomida viloyatimiz tumanlarida qizlar o‘rtasida ommaviy sport turlariga qiziqish katta ekanligini ko‘rsatdi. Barcha o‘yinlarni muhlislar zo‘r qiziqish bilan kuzatib bordilar.


Murosasiz, keskin bahslar davomida faxrli 3-o‘rinni shahrixonlik voleybolchi qizlar, 2-o‘rinni Marhamat tumani jamoasi egalladi.
“Viloyat hokimi kubogi”ni Baliqchi tumani voleybolchi qizlari qo‘lga kiritishdi.


Qizlar o‘rtasidagi voleybol musobaqalarining barcha ishtirokchilari tashkiltchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!