alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Virusli pnevmoniyalarda respirator terapiya tamoyillari” mavzusida respublika onlayn video konferensiyasi o‘tkazildi

15:27 04.05.2020

Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn video konferensiyani institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘.M.Xodjimatov boshqarib bordi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilgan onlayn video konferensiyada vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekan X.X.Tursunov, fakultetlar dekanlari, yo‘nalishlar ma’sullari, yuqumli kasalliklar, pulmonologiya, endokrinologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha institutning malakali professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, onlayn video konferensiyada masofaviy konferensiyalarni o‘tkazish uchun aloqa dusturlari – Zoom platformasi orqali respublikaning turli hududlaridan soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Video konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti anesteziologiya-reanimatologiya va bolalar anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi mudiri, dotsent Toshboyev Sherzod Olimovich “Virusli pnevmoniyalarda respirator terapiya tamoyillari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi kasallik yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni berdi.

Ma’ruzadan so‘ng onlayn savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Onlayn video konferensiya ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, o‘rtaga tashlangan masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!