alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida xorijlik abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi

16:28 28.08.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida 2020/2021 o‘quv yili uchun xorijiy talabalarni qabul qilish bo‘yicha Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlaridan ro‘yxatga olingan abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.

Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbatda qabul hay’ati mas’ullari – o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, tibbiy kimyo kafedrasi mudiri Yu.Xolboyev, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi dotsenti T.Sa’dullayev va ingliz tili o‘qituvchisi G.Daminova ishtirok etdilar.


Suhbat davomida abiturientlar O‘zbekiston, jumladan Andijon viloyati, Andijon davlat tibbiyot instituti haqida yaxshi taassurotlarga ega ekanliklarini bildirishdi. Qabul hay’ati a’zolari xorijlik abiturientlarning bilimi, shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.

Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbat yakunida suhbat natijalari, qabul imtihonlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ta’kidlab o‘tildi.

ADTI axborot xizmati  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!