Shuni alohida e’tirof etish kerakki, joriy yil xorijlik yoshlarning Andijon davlat tibbiyot institutiga bo‘lgan qiziqishi anchagina yuqori. Shuning uchun ham qabul imtihonlari oldidan xorijlik abiturientlar bilan onlayn suhbatlar ayni paytda ham davom etmoqda. Bugun Turkiya, Koreya, Qirg‘iziston davlatlaridan ro‘yxatga olingan abiturientlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.
Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbatda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, qabul hay’ati mas’ul kotibi S.Salohiddinov, tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi dotsenti T.Sa’dullayev, tibbiy kimyo kafedrasi o‘qituvchisi X.Noibjonova va ingliz tili o‘qituvchisi G.Daminova ishtirok etdilar.
Suhbat davomida abiturientlar Andijon davlat tibbiyot instituti haqida yaxshi taassurotlarga ega ekanliklarini bildirishdi. Qabul hay’ati a’zolari xorijlik abiturientlarning bilimi, shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratdilar.
Xorijlik abiturientlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbat yakunida suhbat natijalari, qabul imtihonlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ta’kidlab o‘tildi.
ADTI axborot xizmati