Andijon davlat tibbiyot institutida 13-,14-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 31-martdagi №97-sonli “Bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini tibbiyot muassasalariga ishlashga yuborish haqida“gi hamda, 2020-yil 10-apreldagi №115-sonli “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari Davlat attestatsiya komissiyasi raislarini tasdiqlash to‘g‘risida“gi buyruqlariga asosan Davolash fakulteti davolash ishi va kasb ta’limi yo‘nalishi 6-kurs talabalari yakuniy davlat attestatsiyalarini onlayn shaklda topshirdilar.
Davlat attestatsiyalarini davolash ishi yo‘nalishidan 233 nafar, kasb ta’lim yo‘nalishidan 33 nafar talaba onlayn shaklda muvofaqiyatli topshirdi.
Attestatsiya jarayonini Davlat attestatsiya komissiyasi raislari, ma’sullar nazorat qilib bordilar.
D.Xasanov
ADTI kasb ta’limi yo‘nalishi mas’uli