Andijon davlat tibbiyot instituti sport zalida institut rektori tashabbusi bilan «QIZIL ZONA» o‘quv-simulyatsion modullari yaratildi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida yuqumli kasallilarga qarshi kurash borasida talabalar va tinglovchilarning kasbiy mahoratini oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan «QIZIL ZONA» o‘quv-simulyatsion modullarini yaratishda Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi xodimlari faol ishtirok etishdi.
«QIZIL ZONA» o‘quv-simulyatsion modullarini bilan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar alohida ishlab chiqilgan dasturlar asosida olib borilmoqda.
ADTI axborot xizmati