Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAMONAVIY XIRURGIYANING MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O’TKAZILMOQDA

14:48 12.10.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida Sogʻliqni saqlash vazirligining rejasiga kiritilgan “Zamonaviy xirurgiyaning muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Belarus kabi davlatlardan kelgan xirurgiya mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Anjumanni institut rektori M.Madazimov ochib berdi. Soʻngra  Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Amirillo Inoyatov, Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh transplantologi, akademik Sergey Gote, Germaniyaning Rostok universiteti rektori Volfgang Sharek onlayn tarzda qatnashib, bugungi kunda xirurgiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shundan so’ng, Plenar kengashi boʻlib oʻtdi. Unda tinglovchilarga 12 ta mavzu bo’yicha ma’ruzalar o’qib eshittirildi. Unda “Jigar sirrozi bilan og’rigan bemorlarda turli xil aralashuvlardan so’ng  hayotiylik jarayonining tahlili”, “Zamonaviy limfologiya XXI asr jarrohligida nima qila oladi?”, “Turli tibbiy ko’rish usullari bilan boshqariladigan o’sma biopsiyalari”, “Qorin bo’shlig’i jarrohligida endo va limfotrop terapiyadan foydalanish bo’yicha 30 yillik tajriba”, “Fallot tetralogiyasida yangi jarrohlik yondashuvlar”, “Tirik donordan buyrak transplantatsiyasi bo’yicha tajribamiz. Yagona markazda 750 ta buyrak transplantatsiyasi natijalarini tahlil qilish”, “Birlamchi, ikkilamchi va uchinchi darajali giperparatiroidizm bilan og’rigan bemorlarni davolashning zamonaviy usullari”  kabi mavzularda kasalliklarning zamonaviy davolash usullari, muammo va yechimlar yuzasidan ma’ruzalar o’qildi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilari ikkita seksiyaga bo’lingan holda o’z ma’ruzalarini tinglovchilarga taqdim etmoqdalar.  Ikkala seksiyada jami 50 ta ma’ruza o’qilishi rejalashtirilgan.

Unda o’zbekistonlik ma’ruzachilar bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya, Hindiston va Belarusdan kelgan soha mutaxassislari ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!