alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIGA AQSHNING VEBSTER UNIVERSITETI PROFESSORLARI TASHRIF BUYURDILAR

18:57 08.02.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti ko‘plab xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorliklarni amalga oshirib kelmoqda. Buning natijasida institut talabalari qo‘shma taʼlim dasturi doirasida xorijda tahsil olish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. hozirga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti 59 ta xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.  Shuningdek, institutda 400 dan ziyod xorijiy talabalar tahsil olmoqda.

Shu bilan birga, hozirda ham xalqaro hamkorliklar ko‘lamini yana-da kengaytirish maqsadida qator rejalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari Vebster universitetining professorlari Daniyel Myuller, Duglas Uitman institutga tashrif buyurdilar. Ular bilan institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov hamda institut klinikasi rahbari B.Rahimov uchrashdilar. Ular o‘quv-ilmiy va innovatsion jarayonlarni tashkil etish, taʼlim sifatini yana-da, oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Mehmonlar tomonidan institutda tahsil olayotgan bakalavriat hamda magistratura bosqichi talabalari uchun Tibbiy boshqaruvni o‘rgatuvchi o‘quv dasturi taklif etdilar va u haqida batafsil maʼlumot berdilar. Kelajakda ushbu o‘quv dasturi Andijon davlat tibbiyot institutida tadbiq qilinishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, mehmonlarga institut haqidagi videorolik taqdim etildi va mutaxassislar institutning o‘quv binosi, laboratoriya xonalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, simulyatsiya hamda IT markazi institut klinikasining qurilish jarayonlari, hozirda bemorlarini qabul qilib turgan shahar shifoxonasi bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!