Andijon davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasi akademik N.N.Burdenko nomli Neyroxirurgiya milliy tibbiy ilmiy markazidan yetakchi mutaxassis, «Вопросы нейрохирургии» jurnali muharriri A.V.Kozlov tashrif buyurdi

Shartnomaviy reja asosida, Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi  konsultativ-metodik neyroxirurgiya markaziga Rossiya Federatsiyasi akademik N.N.Burdenko nomli Neyroxirurgiya milliy tibbiy ilmiy markazidan yetakchi mutaxassisi, «Вопросы нейрохирургии» jurnali muharriri A.V.Kozlov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 5-kurs pediatriya fakulteti talabalariga Neyroxirurgiya fanidan namunaviy rejada ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha o‘quv-ilmiy ma’ruzalar o‘qib berdi.

Shuningdek. tashrif davomida 26 dan ortiq bemorlarni beminnat, yuqori malakali ko‘rikdan o‘tkazdi. 3 nafar bemorda ko‘rgazmali operatsiyalar bajardi. Talabalar xorijlik mutaxassis bilan muloqot davomida o‘zlarini qiziqtigan saolarga batafsil javoblar olishdi.

 

 

K.A.Quldashyev

ADTI qoshidagi

Neyroxirurgiya konsultativ

Metodik markazi koordinatori,  dotsent