alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutining klinik ordinatura mutaxassisliklari uchun talabgorlarning ijtimoiy tarmoqlarga yoʻllagan murojaatnomasi yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi

09:01 20.08.2021

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, tibbiyotning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha viloyatimizda tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyoj va talabni eʼtiborga olib ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari uchun 2021/2022-oʻquv yilida Andijon davlat tibbiyot institutiga 474 ta oʻrin ajratildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Fargʻona vodiysiga tor sohadagi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni yetishtirishda asosiy oliy taʼlim muassasasi hisoblangani bois Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlarining shaxar va tumanlari talabgorlariga yuqoridagi qarorga asosan tumanlar kesimida maqsadli kvotalar ajratildi.

Ordinatura mutaxassisliklariga davlat grantlarining soni ortishi barobarida hudud uchun zarur boʻlgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash maqsadida viloyat hokimliklari tomonidan mahalliy byudjetdan ajratilgan hokimlik grantlari joriy etildi.

 

Qarorga asosan, barcha talabgorlar Andijon davlat tibbiyot institutiga klinik ordinatura boʻyicha 29 ta mutaxassisliklarga xujjat topshirishlari mumkin. Bu roʻyxatdan ortopedik stomatologiya, jarrohlik stomatologiya, ortodontik stomatologiya mutaxassisliklari oʻrin olmagan.

Klinik ordinatura mutaxassisliklari uchun tor doiradagi mutaxassisliklarga boʻlgan talab va ehtiyoj Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻrganilib, kvotalar soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarorlarida belgilab berilgan. Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassisliklar va kvotalar sonini belgilash huquqiga ega emas. Bundan kelib chiqadiki, klinik ordinatura mutaxassisliklariga talabgorlar Andijon davlat tibbiyot institutiga roʻyxatdan oʻrin olgan mutaxassisliklar boʻyicha xujjat topshirishlari mumkin.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!