alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutining ko’ngilli  yoshlari Marhamat tumanida

16:37 24.08.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining tinib-tinchimas yosh volontyorlar jamoasi koronavirus pandemiyasi sharoitida targ’ibot-tashviqot tadbirlarini olib borish maqsadida viloyatimizning chekka tumanlaridan biri – Marhamat tumanida bo‘lishdi.

Targ‘ibot aksiyasi davomida ko’ngilli  yoshlar Marhamat tumani markazidagi savdo shahobchalari, dorixonalarda bo’lishib aholi o’rtasida ko’p uchraydigan kasalliklarning oldini olish bo’yicha tushuntirish ishlarini o’tkazdilar.


Karantin davrida niqob bilan yurishni va gigiyenik qoidalarga amal qilish to’g’risida tushuntirildi. Shafyorlar, oddiy aholiga gigiyenik ma’lumotlar hamda kornonavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqadtilar.

Andijon davlat tibbiyot institutining ko‘ngilli yoshlaridan iborat “Yosh volontyorlar” jamaosi koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarini davom ettirilmoqdalar.

ADTI Yoshlar ittifoqi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!