alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING ODOB-AXLOQ KODEKSI PROFESSOR-O’QITUVCHILARGA TANISHTIRILDI

17:41 07.02.2023

Xabaringiz bor, kuni kecha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini baholash, tahlil qilish va oshirish chora-tadbirlari hamda ustuvor vazifalarni belgilash boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Mazkur yig’ilish tafsilotlari yuzasidan professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlarga Andijon davlat tibbiyot institutining odob-axloq kodeksi o‘qib eshittirildi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Rektor maslahatchisi X.Zokirov, Profilaktika inspektori J.Xojiyev ishtirok etdilar.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’kidlangan muhim masalalar yig‘ilganlarga yetkazildi. Shundan so‘ng, institutda ta’lim sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan qilinishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi. Qolaversa, institut xodimlari, talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy va o‘zaro hurmat hamda xushmuomalalik muhitini yaratishdagi alohida e’tiborli jihatlarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!