alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALARGA OSH TARQATILDI

20:19 25.01.2023

Yurtimiz bo’ylab qish faslining sovuq kunlari davom etayotgan bir pallada, mahalliy hamda xorijiy talabalarimizni kayfiyatini ko’tarish maqsadida Talabalar turar joyida milliy taomlarimizdan biri bo’lgan osh tarqatildi.

Katta  doshqozonda tayyorlangan taomni dasturxonga tortishdan oldin institut rektori boshchiligida ustozlar duoga qo’l ochib, yurtimizning tinchligi va farovonligi abadiy bo’lishi, talabalarning bilimlari ziyoda bo’lib, elimiz koriga yaraydigan yetuk shifokorlar bo’lishlarini tiladilar. Shu tariqa talabalarga ko’tarinki kayfiyat ulashildi.

Shuningdek, instituti rektori M.Madazimov talabalar bilan uchrashib, yotoqxonaning shart-sharoitlari, o’qish va yangi bilimlarni o’zlashtirishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda isitish tizimining sozligi bilan tanishdi. Qolaversa, talabalarning murojaatlarini tinglab, ular yuzasidan  mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!