alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi Asaka tumanida

20:58 01.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining tinib-tinchimas “Yosh volontyorlar” jamoasi koronavirus pandemiyasi sharoitida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib borish maqsadida viloyatimizning Asaka tumanida bo‘lishdi.


Targ‘ibot aksiyasi davomida ko‘ngilli yoshlar Asaka tumani markazidagi savdo shahobchalari atrofida bo‘lib, tez tibbiy yordam kelguniga qadar birinchi yordam ko‘rsatish, aholi o‘rtasida ko‘p uchraydigan kasalliklarning oldini olish, jumladan “gipoglikemicheskaya koma», «yengil hamda og‘ir sinishlar», «tashki va ichki qon ketishlar», «ektr to‘ki bilan zararlanish» vaqtida tez tibbiy yordam berish yuzasidan tushuntirish ishlarini amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tdilar.


Karantin davrida niqob bilan yurish va gigienik qoidalarga amal qilish to‘g‘risida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etishdi.  Aholiga gigienik ma’lumotlar hamda koronavirus belgilari va uning oldini olish haqida ma’lumotlar jamlangan bukletlarni tarqatdilar.

ADTI yoshlar Kengashi media guruhi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!