ANDIJON SHAHRIDAGI 37-MAKTAB O‘QUVCHILARI INSTITUTIMIZDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON SHAHRIDAGI 37-MAKTAB O‘QUVCHILARI INSTITUTIMIZDA

16:53 31.10.2025

Shifokor boʻlishni istagan bitiruvchi sinf oʻquvchilari koʻpchilikni tashkil etadi. Ular tibbiyot oliy taʼlim muassasalari haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishni xohlashadi.

“Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Andijon shahridagi 37-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘ldilar. O‘quvchilar bilan institut rektori M.Madazimov samimiy suhbat olib bordi.

O‘quvchilar institutimizning yangi 2000 o‘rinli binosida bo‘lib, Simulyatsiya markazidagi amaliy jarayonlarda ishtirok etdilar. Simulyatsion robotlar bilan haqida maʼlumotga ega boʻlish bilan birga, amaliy jarayonlarni bajarib ham koʻrdilar.

Shuningdek, rektor oʻquvchilarga Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan sport, hunar to‘garaklari haqida ma’lumotlar berdi. Shifokor boʻlishni istagan oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

– Aziz oʻquvchilar, ustozlaringizning har bir berayotgan bilimlarini qunt bilan oʻrganing. Ana shundagina oʻzingiz istagan kasbning yetuk mutaxassisi boʻla olasiz. Siz ham nasib boʻlsa, oliygoh talabasi boʻlasiz!-dedi institut rektori.

Oʻquvchilar mazkur jarayonlarda oʻzlariga kerakli maʼlumotga ega boʻldilar. Bugungi sayohat ularda katta taassurot qoldirdi.

Skip to content