Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON TERMA JAMOASI SPORT MUSOBAQALARINING RESPUBLIKA BOSQICHIGA YOʻLLANMA OLDI

18:03 06.10.2022

Andijon viloyatida boʻlib oʻtayotgan “Universiada-2022” sport musobaqalarining basketbol sport turi oʻyinlari Andijon davlat tibbiyot institutining sport zalida oʻtkazildi. Erkaklar oʻrtasida Andijon va Namangan viloyatlarining talabalari oʻzaro kurashdilar. Murosasiz oʻtgan baxslarda 63:53 hisobida Andijon yigitlarining qoʻli baland keldi.

Quvonarlisi, terma jamoamiz safida Andijon davlat tibbiyot institutining 2 nafar talabasi: Davolash fakultetining talabasi Asadullo Sobirjonov hamda Pediatriya fakultetining talabasi Anvarjon Abduhalilov ham bor.

Terma jamoamizga keyingi oʻyinlarda ham faqat omad tilab qolamiz!

Skip to content Click to listen highlighted text!