alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon tibbiyot instituti va maktablar hamkorligi yuqori pog‘onada

10:32 28.11.2019

Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar maktab va oliy ta’lim hamkorligini talab etmoqda. Bu hamkorlik yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir. Andijon davlat tibbiyot institutida “Oila-maktab-mahalla-oliy o‘quv yurti” yo‘nalishi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu alohida e’tirofga loyiq.

O‘quvchilarni oliy ta’limga jalb qilish, qolaversa ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga mehr uyg‘otish, turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish maqsadida instituga viloyatimizning barcha tumanlaridagi umumta’lim maktablari taklif etilgan.

Taklifga javoban nafaqat vildoyatimiz maktablari balki qo‘ni viloyatlardan ham maktab o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurishmoqda. Yakunlanayotgan noyabr oyi davomida Namangan shaharidagi 49-maktab, Andijon viloyati Paxtaobod tibbiyot kolleji, shu tumandagi 41-maktab, Xo‘jaobod tumanidagi 9-, Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahridagi 2-, Izboskan tumanidagi 13-, 14-, 27-, 32-, Andijon shahridagi 8-, 11-, 37-, 42-, 44-, 50- maktab o‘quvchilari institut hayoti bilan yaqindan tanishib ketdilar.


Bundan tashqari Andijon, Oltinko‘l tumanlari maktablarining 4-5 tadan 50 tagacha o‘quvchilari hamda maktab yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti etakchilari, maktab psixologi, sinf rahbarlaridan iborat jamoalari institut mehmon bo‘lishmoqda.

Maktablar o‘quvchilarini institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimov rahbarligida institut jamoasi samimiyat bilan kutib oladi. Institut hayoti bilan tanishtirishda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, ma’naviyat va ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Abduraximov, davlash fakulteti dekani B.Mamatov, shu fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Karimov, institut psixologi O‘.Arziqulov, institut kafedralaridagi muzeylarning mas’ul professor-o’qituvchilari, simulatsion markaz, Axborot-resurs, Axborot texnologiyalari markazi xodimlari alohida faollik ko‘rsatishmoqda.

“Oila-maktab-mahalla-oliy o‘quv yurti” yo‘nalishi bo‘yicha instituga tashrif buyurgan maktablar jamoalari, uyushmagan yoshlar, ularning ota-onalari, mahalla faollari maxsus ko‘rgazmalar orqali institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut jamoasi erishayotgan yutuqlar bilan tanishadilar, institut kafedrlaridagi muzeylar, Simulyasion o‘quv markazi, ma’ruzalar zallari, Axborot-resurs markazida bo‘lishib talabalar, pofessor-o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lishadi. Tashrif davomida o‘quvchilar institut, shifokorlik kasbiga oid savollariga mutaxassislar, talabalar tomonidan  etarlicha javoblar olishadi.

Taassurotlarga boy tashrif yakunida maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘lishga ahd qilishdi.

Bugungi kunda Andijon tibbiyot instituti va maktablar hamkorligi yuqori pog‘onada. Bu hamkorlik yanada yuksalishiga va o‘z samarisini berishiga ishonamiz.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!