alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON VA NAMANGAN VILOYATLARI SHIFOKORLARI UCHUN ONLAYN MASHGʻULOTLAR YAKUNLANDI

09:51 24.01.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 16-yanvardagi “Koronovirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat va bemorlarni davolashda koʻrilayotgan choralar taxlili toʻgʻrisidagi” 2-son Bayoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti kafedralariga biriktirlgan Andijon  va Namangan viloyatlari shifokorlari uchun fakultetning professor-oʻqituvchilari tomonidan “Yangi koronovirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni ambulator  sharoitda tashhislash va davolash”,  “Yangi koronovirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni statsionar sharoitida tashxislash va davolash”, “Bolalarda yangi koronovirus infeksiyasini tashhislash va davolash”, “Homilador ayollarda yangi koronovirus infeksiyasini tashhislash va davolash” mavzularida  malaka oshirish kursi uchun onlayn mashgʻulotlar olib borildi:

 

Bugunga qadar oʻtilgan mashgʻulotlar yakunlandi va  yakuniy  sinov imtixonlari offlayn tarzda Andijon davlat tibbiyot institutida oʻtkazildi.