Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi onkoginekologiya bo‘limi mudiri, yetakchi onkoginekolog A.F.Validova hamda Andijon davlat tibbiyot instituti onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, mammologiya bo‘limi ilmiy konsultanti D.A.O‘rmanbayevalar Andijon viloyat televideniesi orqali ayollar bilan tibbiy profilaktik muloqot o‘tkazdilar.
Telechiqish davomida onkologlar ayollarni tibbiy ziyraklikka chaqirdi, onkologik kasallikni keltirib chikaruvchi omillar, rak oldi kasalliklari, onkologik kasalliklarning erta belgilari haqida tushunchalar berildi, onkoxastaliklarning oldini olishda sog‘lom ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida takidlab o‘tildi. Zero, sog‘lom ayoldan buyuk kelajak dunyoga keladi.
ADTI onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi