alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON VILOYATI HOKIMI SH.ABDURAHMONOV VILOYATDAGI BARCHA OTM TALABALARINI BAYRAM BILAN TABRIKLADI

15:21 17.11.2022

Talabalik – bejizga oltin davr deyilmaydi, uning mehnati ham, zahmati ham qadrli, ibratli. Bugun esa ana shu oltin davr egalarining bayrami, 17-noyabr – Butunjahon talabalar kuni. Shu munosabat bilan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni tabrikladi.

Online shaklda tashkil etilgan uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot institituti rektori M.Madazimov boshchiligida 200 nafar talabalar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi bugungi kunda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun respublikamizda xususan, viloyatimizda yaratilgan imkoniyatlar, bu orqali ulkan marralarni zabt etayotgan yoshlar haqiga so’z yuritdi. Yoshlarning ilm olishlari ularning kelajak hayotlarida muhim ahamiyat kasb etishi, shu orqali vatanimiz taraqqiyotiga katta hissa qo’shishlari mumkinligini alohida ta’kidladi. Qolaversa, barcha talabalarni bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyatimiz OTM talabalari qatori Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti talabasi S. Alouddinova so’zga chiqib, institutimiz talabalari nomidan bugungi uchrashuv va tabrik uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirdi. Endi talabalar darsdan bo’sh vaqtlarida ishlab daromad topayotganliklari yoshlarga berilayotgan e’tibor va  g’amxo’rlikning namunasi ekanligini bildirdi.

Tadbir yakunida, Talabalar turar joyida yashovchi Davolash fakulteti talabalariga televizor, Pediatriya, Stomatologiya, Xalqaro fakultet talabalariga kir yuvish mashinasi, Farmatsiya hamda Xalqaro fakultet talabalariga stol tennisi doskasi taqdim etildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan bir qator faol talabalar qimmatbaho sovg’alar, pul mukofotlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!