alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON VILOYATI HOKIMINING SOVG‘ALARI ABDURAUFGA TOPSHIRILDI

10:08 02.07.2021

ANDIJON VILOYATI HOKIMINING SOVG‘ALARI ABDURAUFGA TOPSHIRILDI

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining 4- bosqich talabasi Abdurashidov Abdurauf Abdurashid o‘g‘liga  Andijon viloyati hokimining bayram  sovg‘alari topshirildi. Abdurauf ko‘p qavatli uylarda onasi bilan birga yashaydi. Tabiatan og‘ir bosiq,  ibratli,  tarbiyali,  iste’dodli yoshlarimizdan biri.  Yoshlar kuniga munosib sovg‘a bo‘lgan kundalik ehtiyoj jihozlari  yosh olim va uning oilasiga katta quvonch olib keldi. A.Abdurashidov 2020-yilda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. “Yil talabasi-2020” Respublika tanlovining  “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha mutloq g‘olib bo‘lgan.

Qozog‘iston Respublikasining Nursultan shahrida MDH davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” xalqaro tanlovida “Tibbiyot yo‘nalishi” bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, ko‘krak nishon bilan taqdirlangan. Birlashgan Arab Amirliklari va  Pekinda o‘tkazilgan xalqaro tanlovlar g‘olibi hisoblanadi. U dunyodagi Stanford hamda Harvard nufuzli universitetlarining doimiy tinglovchisi. 2 ta ixtiroga patent, 11 ta ratsionalizatorlik taklif, 10 ta amaliyotga tatbiq, 50 dan ortiq xorijiy va mahalliy jurnallarda tezis va maqolalar muallifidir.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!